O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Jahon savdo tizimiga integratsiyalashish jarayonida yangi imkoniyatlardan foydalanmoqda

2021-12-27 | Iqtisodiyot

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi mamlakat iqtisodiyotining jozibadorligi, savdo-iqtisodiy va investitsion muhitini yanada oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

O‘zbekistonning JST a’zo bo‘lishi yuzasidan arizasi 1994-yil dekabr oyida taqdim etilgan bo‘lib, o‘sha yilning o‘zida Tashkilot Bosh kengashi tomonidan mamlakatimizning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etilgan.

Bugungi kungacha ushbu Ishchi guruhi tomonidan 4 marta yig‘ilish o‘tkazilgan (2002-yil iyul, 2004-yil iyun, 2005-yil oktabr va 2020-yil iyul).

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarning qayta tiklanishi vazifasiga alohida e’tibor berildi.

JST Bosh kengashining qaroriga muvofiq, 2018-yil iyul oyida Koreya Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili Ji-a Pek O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha Ishchi guruh raisi etib tayinlandi.

2019-yil iyul oyida JST Kotibiyatiga O‘zbekistonning Tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumi va respublikamiz tashqi savdo tizimining turli jabhalarini qamrab oluvchi qator qo‘shimcha hujjatlar yuborildi.

2019-yil 7-iyul kuni, 15 yillik tanaffusdan so‘ng, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 4-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish respublikamizning ushbu Tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralarning qayta tiklanishi sifatida tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Muzokaralarning qayta tiklanishi davomida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- JST bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlandi va uning nizomi, tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan Muzokaralar guruhi hamda tegishli hujjatlarni tayyorlash uchun alohida yo‘nalishlar doirasidagi 9 ta ishchi guruh tashkil etildi;

- Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida JST bilan hamkorlik uchun mas’ul vazir o‘rinbosari lavozimi hamda JST bilan hamkorlik qilish boshqarmasi tashkil etildi;

- Vazirlik tomonidan JST Kotibiyati bilan faol va samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatildi;

- JSTda O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Ishchi guruh tarkibiga Tashkilotga a’zo 44 ta davlat vakillari kiritildi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi mamlakat uchun qator yangi imkoniyatlar yaratadi. Xususan:

- iqtisodiyotning jozibadorligi oshadi, mamlakat savdo-iqtisodiy va investitsion muhiti yuksaladi;

- JSTga a’zo davlatlar (164 ta mamlakat) bilan teng huquqlilik asosida o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlar yanada rivoj topadi;

- eksportni diversifikatsiya qilish va yangi tashqi bozorlariga chiqish imkoniyatlari kengayadi;

- chet el investitsiyalarini faolroq jalb qilinadi va yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi;

- xalqaro standartlar O‘zbekistonga kengrok kirib keladi, shu orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va ularning raqobatbardoshligi ta’minlanadi, ya’ni mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari va ishbilarmonlar tomonidan dunyo bozorlarida chet el mahsulotlari bilan raqobat qila oladigan yuqori sifatli va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatishga qulay imkoniyatlarni yaratiladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться