O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH norasmiy sammitida ishtirok etadi
2021-12-28 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga boradi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar o‘rin olgan.
Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari kutilmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti