O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Turkiyaning yirik kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

2021-12-27 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Jamshid Xodjayevning turli sektorlarda faoliyat olib boruvchi «Ihlas Holding» turk kompaniyasi ijrochi direktori Rasim Kan Aytogu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Turkiya va O‘zbekiston tomonlari o‘rtasida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini takomillashtirish, mamlakatimizda agrar sektorni yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali rivojlantirish, shuningdek, investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Muzokaralar chog‘ida Turkiya vakillarining O‘zbekiston iqtisodiyotining moliyaviy barqarorligiga ishonchi ortib borayotgani tufayli qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or mexanizm va texnologiyalarni baham ko‘rishga tayyor ekani ma‘lum qilindi.

O‘z navbatida vazir tomonidan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir nechta loyihalar, shu jumladan, Respublika hududlarida amalga oshiriladigan pilot dasturlar taklif etildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda vazirlikning mas‘ul xodimlari belgilandi. Shuningdek, tomonlar yaqin vaqtda navbatdagi uchrashuvlarni bevosita yuzma-yuz yoki videokonferensaloqa formatida o‘tkazishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться