O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining maxsus vakili bilan uchrashuv to‘g‘risida

2022-01-05 | Siyosat

2022-yilning 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xueyni qabul qildi.

Aytish joizki, Xitoy hukumati maxsus vakilining tashrifi O‘zbekiston va XXR o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga (1992-yil 2-yanvar) to‘g‘ri keldi.

Ikki tomonlama shaklda ham, “Xitoy – Markaziy Osiyo” muloqoti doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Xitoyning mintaqaviy siyosat yo‘nalishining dolzarb masalalari bo‘yicha pozitsiyalari yaqinligi alohida ta’kidlandi.

Shu vaqtgcha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi va turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Tomonlar “O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash dasturi” doirasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться