O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida

2021-12-27 | Madaniyat

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Chi Junlin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Muassasaning ijodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Farrux Yunusov, Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish va ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda janob Chi Junlin Xitoy va O‘zbekistonning o‘zaro madaniy aloqalari tobora rivojlanib borayotgani, buning natijasida har ikki mamlakat san'at vakillari ishtirokida ahamiyatli tadbirlar o‘tkazilayotgani, ijodiy loyihalar amalga oshirilayotganini ta'kidlab, mazkur hamkorlikni yanada kuchaytirish, uni yangicha shakllarda davom ettirish yuzasidan fikr bildirdi. Shundan so‘ng maslahatchi 2022-yil yanvar  fevral  oylarida O‘zbekiston-Xitoy diplomatik aloqalarining 30 yilligiga bag‘ishlangan onlayn gala-konsert o‘tkazish taklifini berdi.
 
O‘z o‘rnida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Farrux Yunusov janob Chi Junlinga samimiy fikrlari uchun tashakkur izhor qilib, ushbu taklif o‘zaro do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash va ikki tomonlama madaniy hamkorlikni rivojlantirish borasida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. 
 
Shuningdek, uchrashuvda yangi yildan boshlab musiqa va qo‘shiqchilik yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish, ikki xalq ijodiyotiga oid taqdimotlar o‘tkazish, san'atkorlar ishtirokida konsert dasturlari tashkil etish kabi qator masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi

Поделиться