Joriy yilning 29-dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining videokonferensiya formatida ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri A. Mamin boshchilik qildi.
Uchrashuv ishtirokchilari 2021-yil ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim voqealarga boy bo‘lganini ta'kidladilar.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 5-6-dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi yilning eng muhim voqeasi bo‘ldi. Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya va boshqa qator hujjatlar imzolandi.
Shu munosabat bilan, hukumatlar oldiga qo‘yilgan vazifalar so‘zsiz va to‘liq bajarilishi ta'kidlandi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Sanoat, transport, raqamlashtirish, energetika va suv resurslari sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqildi. Ta'lim, sog‘liqni saqlash sohalarida sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vazirining Matbuot xizmat