O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yashil makon” umummilliy loyihasi: shaharlarda yashil hududlar va daraxtlarni ko‘paytirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar

2022-03-18 | Ekologiya

Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Yurtimizda yashil hududlarni kengaytirish, ekologiya va atrof-muhit musaffoligini ta’minlashdek ezgu maqsadni ko‘zlagan ushbu loyiha xalqaro jamoatchilikda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda “Shaharlarda daraxtlar” global tashabbusi doirasida tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi: shaharlarda yashil hududlar va daraxtlarni ko‘paytirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar yurtimiz shaharlarida yashil maydonlarni kengaytirish, daraxtlar ekish, parvarishlash, yashil maydonlarning ekologik va inson salomatligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatlariga bag‘ishlangani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xalqaro seminarda BMT iqtisodiy komissiyasining ijrochi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Maryasin, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doyna Muntyanu, BMT YeIK eksperti, Florensiya universiteti professori Franchesko Ferrini, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Aleksandros Makarigakis, shuningdek, BMT Iqtisodiy Komissiyasi, Global yashil o‘sish instituti (GGGI), “Zamin” xalqaro jamoat fondi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishdagi mavjud muammolar va imkoniyatlar, Moskvani yashillashtirish tajribasi, xamda BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan taqdim etilgan “Yashil Makon” loyihasini moliyalashtirish taklifi, Nursulton (Ostona)ning “Yashil kamar”i va Singapur “Tabiatdagi shahar” kabi “Yashil tashabbuslar” asosidagi muhokamalar muhim jihatlardan biri bo‘ldi.

Muntyanu xonim O‘zbekiston hukumatining “Yashil makon” tashabbusi jadal va ta’sirli sur’atlarda davom etayotganini e’tirof etib, istalgan natijaga erishish uchun puxta rejalashtirish, samarali koordinatsiya hamda innovatsion moliyalashtirish modeli muhimligini alohida ta’kidladi.

Barcha xalqaro hamkorlar bu tashabbusni keyingi besh yil ichida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Seminar ertaga, 19 mart kuni Toshkent shahrida daraxt ekish tadbiri bilan amaliy tarzda davom etadi.

Kamola Yusupova, Nosirjon Haydarov (surat)

Manba: O'zA

Поделиться