O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti va OTB rahbari strategik sheriklikni kengaytirishning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldilar

2022-03-24 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsuga Asakavani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Bank rahbari O‘zbekiston yetakchisini O‘zbekistonning yetakchi xalqaro moliya institutlari rahbarlari va biznes vakillarini jamlagan Investitsiya forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

OTB bilan strategik sherikligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari va istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari OTB prezidentini yaqinda navbatdagi muddatga qayta saylangani bilan samimiy tabriklab, Yangi O‘zbekistondagi yangilanishlar dasturini ilgari surishda, shu jumladan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini oldini olishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda loyihalar portfeli ikki barobarga kengayib, bugungi kunda 9 milliard dollardan oshdi. Qo‘shma loyihalar doirasidagi investitsiyalarni o‘zlashtirish sur’atlari ham ikki barobar jadallashdi.

Bank tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan islohotlarga, shu jumladan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliya sektori, energetika, transport va infratuzilmani modernizatsiya qilish, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida ko‘rsatilayotgan texnik ko‘mak yuqori baholandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning yangi dasturini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “yashil” iqtisodiyotni jadal joriy etish, loyihalarni aralash moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish, biznes, shu jumladan ayollar va yoshlar tadbirkorligini moliyalashtirish dasturlarini kengaytirish, davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini joriy qilish, ta’lim va sog‘liqni saqlash loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni birgalikda qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться