O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiy Kengash davlatlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2022-03-25 | Iqtisodiyot
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Turkiy tili davlatlar hamkorlik tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik, shu jumladan, hamkor davlatlarda raqamlashtirish jarayonlarini jaddalashtirish dasturini ishlab chiqish va Turkiy Kengashga a’zo davlatlarning raqobatbardoshligini kuchaytirish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim O‘zbekiston bilan do‘stona siyosat olib borish, Turkiy Kengash a’zolari bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan turli sohalarda, jumladan, AKT sohasida ham, mustahkam va samarali aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mahalliy IT kompaniyalarning Turkiy Kengash hududida faoliyatini kengaytirish hamda Kengashga a’zo mamlakatlar bozorida mahalliy kompaniyalar bilan biznes hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi