O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

2022-03-25 | Iqtisodiyot

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktor Tatyana Proskuryakova boshchiligidagi Jahon banki vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Moliya vaziri o‘rinbosarlari Odilbek Isakov va Ahadbek Haydarov, Markaziy bank Raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev ishtirok etdilar.

Mehmonlar tomonidan Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, XMK Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Vibke Schlemer, Jahon bankining O‘zbekistondagi katta iqtisodchisi Vinayak Nagaraj, O‘zbekistondagi Jahon banki portfelini monitoring qilish bo‘yicha katta mutaxassis Rahimjan Assangaziyev va boshqalar ishtirok etdilar. O‘zbekiston hukumatining Jahon banki bilan samarali hamkorlik qilishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar masalalari kun tartibiga kiritildi.

        Uchrashuv avvalida O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan islohotlar jarayoni, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, shuningdek, kelgusi yillarga mo‘ljallangan rejalar aytib o‘tildi.  Uchrashuvda tomonlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Jahon banki tomonidan tayyorlangan joriy iqtisodiy vaziyatning qisqacha tahlili va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozi bilan tanishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish va hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться