O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bangladesh kompaniyalari bilan hamkorlikda uchinchi davlatlarga eksport qilish masalalari muhokama qilindi

2022-03-16 | Jamiyat

Bugun, 16-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jaxangir Alam o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv chog‘ida ikki davlatlar o‘rtasida AKT sohasida, jumladan, IT tadbirkorlik va IT ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekistonga IT xorijiy kompaniyalarni jalb qilish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, uchinchi davlatlarga IT eksportni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.

Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida ikki davlatlar oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться