Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi Hukumati o‘rtasida hamkorlik
“Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi Hukumati o‘rtasida hamkorlik yuzasidan “Yo‘l xarita”si imzolandi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev va Tatariston (Rossiya Federatsiyasi) prezidenti Rustam Minnixanov 2022-2023-yillarda Toshkent shahar hokimligi va Tatariston Respublikasi Hukumati o‘rtasida kengaytirilgan hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xarita”siga imzo chekdilar.
Hujjatga muvofiq, har ikki hududda savdo-iqtisodiy faoliyat, shaharsozlik, munisipal boshqaruv, transport, uy-joy kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va ijtimoiy sohalarda o‘zaro tajriba almashinuvi, shuningdek, madaniyat, yoshlar, ilm-fan, ta'lim, turizm, sport, axborot texnologiyalari kabi qator sohalarda hamkorlik qilish masalalari ko‘zda tutilgan.
Manba: Toshkent shahar hokimligi