O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Cisco AppDynamicsga O'zbekistonda vakolatxonasini ochish va masofaviy xizmatlarni kengaytirish taklif etildi

18.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov AppDynamics (Cisco) kompaniyasining Markaziy Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Aleks Donoyu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Malayziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida

18.05.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 18-22 may kunlari Malayziya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kamarudin Jaffar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Germaniya Elchisi bilan uchrashuv

18.05.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Isroil turizm vaziri bilan muzokaralar o'tkazdi

18.05.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov  Isroil turizm vaziri Konstantin (Yoel) Razvozov bilan uchrashdi. Ikki vazir uchrashuvi poytaxtimizning Talabalar shaharchasida joylashgan INNO texnoparkda bo'lib o'tdi. 

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

18.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Isroil davlati turizm vaziri, O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiya hamraisi Yoel Razvozov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ikki mamlakat tashqi ishlar idoralari va diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

18.05.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv

17.05.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.

Buxoroda “O‘zmilliybank” AJ raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotining Banklararo birlashmasi kengashi ekspertlari va koordinatorlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17.05.2022IqtisodiyotManba: O'zA

Buxoro shahrida, O‘zbekiston Respublikasining 2021-2022-yillarda SHHTga raisligi doirasida, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotining Banklararo birlashmasi kengashi (SHHT BBK)ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekkosmos” agentligi OneWeb kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

17.05.2022Jamiyat

Markaziy Yevroosiyodagi birinchi “Space Technology Conference STC-2022” konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) va Britaniyaning OneWeb kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

O‘zbekiston Prezidenti SHHT Bosh kotibi bilan mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

17.05.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida Ozarbayjon delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

16.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2022-yil 11-may kuni Ozarbayjon Respublikasi Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi raisi Tahmazli Goshgar boshchiligidagi delegatsiya O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Shveysariyada bo‘ldi

16.05.2022IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev boshchiligidagi delegatsiya Shveysariya Konfederatsiyasida bo‘ldi.

Vengriyadan kartoshkaning mini tuganaklari keltirildi

16.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Respublikamizga Vengriyadan “Botond”, “Balatoni rózsa”, “Balatoni Sárga”, “Démon”, “White Lady” navlarining 52 ming dona mini tuganaklari olib kelindi. 

O‘zbek va boshqird xalqlari o‘rtasidagi do‘stona va samimiy aloqalar mustahkamlanyapti

16.05.2022JamiyatManba: O'zA

Qadimdan Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududi ko‘p millatli bo‘lib, bu yerda turli millatlar, tillar va madaniyat vakillari ahil-inoq yashab kelgan.

Xorijiy kompaniyalar vakillari hamda xalqaro konsultant Fransisko Igualada bilan uchrashuv

16.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov va xorijiy kompaniyalar vakillari hamda xalqaro konsultant Fransisko Igualada va mas'ullar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi to'g'risida

16.05.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Dushanbe shahrida tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Sharlott Adrian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

16.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Sharlott Adrian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

16.05.2022SiyosatManba: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

13.05.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 13-may kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan muzokaralar o‘tkazdi.