O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nagoya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

2022-03-25 | Siyosat

Xalqaro Toshkent investitsiya forumi doirasida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Koichi Miyaki boshchiligidagi Nagoya shahri (Yaponiya) tadbirkorlari delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Hokim mehmonlarni iliq qarshi olib, mamlakatlarimiz strategik hamkorligi natijasida o‘zbek-yapon munosabatlari faol rivojlanayotganini ta'kidladi.
 
Koichi Miyake Toshkentning yuksak investision salohiyatiga urg‘u berib, yosh tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish uchun shaharning Xalqaro yoshlar palatasi a'zoligiga kirishiga qiziqish bildirdi.
 
Ma'lumot uchun: Xalqaro yoshlar palatasi (Junior Chamber International) — dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan 18-40 yoshdagi yetakchi va tadbirkorlarni birlashtiruvchi notijorat tashkilot. JCI’ning asosiy maqsadi — xalqaro yoshlar harakatini faollashtirish, liderlik fazilatlarini, ijtimoiy mas'uliyat va tadbirkorlikni rivojlantirish.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться