O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv
2022-03-24 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 24-mart kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi bosh vitse-prezidenti Stefani von Frideburg boshchiligidagi Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov, Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov va Markaziy bank raisining o‘rinbosari Behzod Xamrayev ishtirok etdi.
Mehmonlar tomonidan Markaziy Osiyo bo‘yicha Jahon banki mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Xalqaro moliya korporatsiyasi Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha direktori Vibke Schlemer, Xalqaro moliya korporatsiyasi mintaqaviy menejeri Kassandra Kolbert va boshqalar ishtirok etdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi