O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqi Komissiyasining “GSP+” tizimi doirasida O‘zbekiston Respublikasiga ilk monitoring missiyasi tashrifi yakunlandi

2022-04-01 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 24-30 mart kunlari Yevropa Ittifoqi Savdo bo‘yicha Bosh direktorati vakillarining Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi bilan hamkorlikda birinchi marotaba O‘zbekistonda monitoring missiyasi tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif maqsadi – “GSP+” tizimi benefisiari maqomida respublika tomonidan ratifikasiya qilingan 27 ta xalqaro konvensiyalarning bajarilishi uchun vakolatli vazirlik va idoralar bilan mazkur konvensiyalar talablarini amaldagi qonunchilikka implementasiya qilish jarayonida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularni amaliyotda qo‘llanilishini muhokama qilish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazish.
 
O‘zbekistonning “GSP+” tizimi benefitsiari  maqomini olish bo‘yicha pacmiy” arizasini topshirish jarayonida respublika Hukumatu monitoring doirasida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik olib borish bo‘yicha tegishli majburiyatlarni qabul qilgan.
 
Tashrif davomida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Savdo-sanoat palatasi, BMT, XMT, YuNISEF, BMTTD va boshqa xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari hamda bir qator nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari bilan mazkur masalalar yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi.
 
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi komissiyasi vakillari ushbu monitoring missiyasi davomida Namangan viloyatidagi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga muntazam mahsulot eksportini amalga oshiruvchi to‘qimachilik klasterlariga tashrif buyurgan holda, korxonadagi ishlab chiqarish ob'ektlarida ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni xalqaro inson va mehnat huquqlari talablariga muvofiqligi jihatidan ko‘zdan kechirdilar.
 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Yevropa Ittifoqi komissiyasi vakillari monitoring missiyasining mehnat huquqlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish klasterlari bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 
O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida yevropa tomoni vakillariga mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro konvensiyalar talablarini respublika qonunchiligiga tadbik etish doirasida amalga oshirilgan chora ­ tadbirlar yuzasidan ma'lumotlar taqdim etildi.
 
Tashrif yakuni yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida, “GSP+” benefisiari maqomi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada diversifikatsiya qilish va rivojlantirishda zamin yaratishi va mazkur imtiyozlar O‘zbekistonning barqaror o‘sishi va iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy samarali savdo-iqtisodiy vosita bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi.
 
Yevropa vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan, inson huquqlarini hurmat qilishga asoslangan davlat tizimini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, iqtisodiy shaffoflikni ta'minlash va turmush darajasini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli tub islohotlar mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlikni mustahkamlashi jihatidan e'tirof etildi.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vakillari bilan GSP+ tizimi imtiyozlaridan samarali foydalanish va xalqaro konvensiyalar talablarini milliy qonunchilikka tadbiq etish doirasida kelgusida ham yaqindan hamkorlik munosabatlarini olib borish yuzasidan kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться