O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Estoniya: ikki davlat oʻrtasida elektron hukumat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda

2022-03-29 | Iqtisodiyot

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Estoniya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Toomas Tiers bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki davlat oʻrtasida elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, IT-taʼlim, IT-tadbirkorlik sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid keng koʻlamli masalalarni muhokama qildilar.

Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda. 2021-yil aprel oyida O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur memorandum doirasida ikki davlat oʻrtasida elektron hukumat sohasidagi hamkorlikni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari belgilab olingan edi.

Shuningdek, joriy yilning fevral oyida AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligidagi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi elektron hukumatni rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida Estoniya Respublikasiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida AKT vazirligi mutaxassislari bevosita estoniyalik hamkasblarining tajribasini o‘rganib, AKT sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishgan edi.

O‘z navbatida, Estoniya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Toomas Tiers ikki davlat o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari rivojlanib borayotganini ijobiy baholab, O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться