O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-03-29 | Madaniyat
Tashrif bilan Malayziyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov 2022-yilning 29-mart kuni Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vaziri Nensi Shukri bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi bilan Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Sayyohlik mahsulotlari va xizmatlarini o‘zaro ommalashtirish, mehmonxona biznesi va turistik obyektlar menejmenti sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Musulmon turizmi standartlarini ishlab chiqish va “ziyorat turizmi” mahsulotlarini yaratish bo‘yicha tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Muzokaralarda tomonlarning YUNESKO va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosbatlarining ayrim masalalari ham muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi