O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi

2022-04-01 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati, mavjud kelishuvlarning amalga oshirilishi va ustuvor yo‘nalishlarda sheriklikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.
 
Yaponiya diplomatik missiyasi rahbari xalqaro biznes hamjamiyatida mamlakatimizning iqtisodiy, investitsiyaviy va savdo salohiyatini ilgari surish nuqtai nazaridan joriy yilning mart oyida o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumining ko‘lami va darajasini yuqori baholadi. Tadbirda «Sojitz Corporation», «Kyuden International», «Nekkie», «Toyota Tsusho Corporation», «Mitsubishi Corporation» va Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) kabi yirik yapon kompaniyalari va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etgani Yaponiya biznesining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi tobora ortib borayotganidan dalolat berishi ta'kidlandi. Tomonlar O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish uchun Yaponiya korporatsiyalarini jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
 
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda erishilgan katta yutuqlarni olqishladilar, shuningdek, JICA faoliyatini O‘zbekistonda kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Chorvachilik, irrigatsiya va suvni tejaydigan texnologiyalar sohalari bu borada eng istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
 
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining boshqa yo‘nalishlarini ko‘rib chiqib, amaliy hamkorlik, ikki tomonlama kelishuvlarni ilgari surish va kelishilgan loyihalarni hayotga tatbiq etishni jadallashtirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться