O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv
2022-04-06 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 5-aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) kelishuvlarining IV moddasi bo‘yicha missiyasi doirasida Ron van Ruden boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Moliya vaziri o‘rinbosarlari Odilbek Isakov va Ahadbek Haydarov, Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdilar.
Mehmonlar tomonidan uchrashuvda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining Ijrochi direktori maslahatchisi Ilhom Umurzakov, Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kevin Ros, katta iqtisodchi Kristin Richmond va iqtisodchi Moyad Al Rasasi ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat, xususan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, pul-kredit va fiskal siyosatning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda kichik biznesni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi