O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Nokia rahbariyati bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2022-04-04 | Iqtisodiyot
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Nokia Solutions and Networks” kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi vakolatxonasi rahbari Massimiliano Volpe bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida telekommunikatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, kompaniya ishtirokida kadrlar malakasini oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, yangi telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarga e’tibor qaratildi.
AKT vazirligi delegatsiyasining Barselona (Ispaniya Qirolligi)da bo‘lib o‘tgan “MWC Barcelona-2022” Jahon mobil kongressida doirasida ham kompaniyaning bir qator vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilgani to‘g‘risida ham aytib o‘tildi. Unda internet infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ham masalalar ko‘rib chiqilgandi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va eng yangi mobil texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi