O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Qishloq xo‘jaligi vaziri Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

02.06.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

1-iyun kuni qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev va Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2022-yil 3-4-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchilarning qishloq xo‘jaligi vazirlari 1-yig‘ilishi hamda 1-Turk Agroforumiga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi.

Toshkentda O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

02.06.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi arafasida Toshkent shahrida ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillarini birlashtirgan O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga keladi

01.06.2022SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon joriy yil 2-3 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Kibersport bo‘yicha SCO STUDENTS CUP chempionatining play off bosqichiga start berildi

31.05.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

30-may – 2-iyun kunlari Toshkent shahri Inha universitetida ShHT sammiti doirasida a’zo davlatlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha SCO STUDENTS CUP chempionatining play off bosqichi va finali bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda O‘zbekiston-Tojikiston Ishbilarmonlar kengashining 5-yig‘ilishi va “B2B” shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi

31.05.2022JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Kecha poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar Kengashining 5-yig‘ilishi va ikki davlat tadbirkorlarining “B2B” shaklidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston – Tojikiston Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisiga doir

30.05.2022Iqtisodiyot

Joriy yilning 30-may kuni Dushanbe shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Tojikiston Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar yig‘ilishida AKT vazirligi delegatsiyasi ishtirok etdi

27.05.2022TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning AKT vazirlari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi ham qatnashdi.

O’zbekiston va Eron: sportni hamkorlikda rivojlantirish uchun yana bir qadam qo’yildi

27.05.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida vazir Adxam Ikramov va Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hamid Nayyirobodiy oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Malayziya Kosmik agentligi bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi

27.05.2022Jamiyat

Joriy yilning 27-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Oʻzbekkosmos) va Malayziya Kosmik agentligi (MYSA) o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O‘zbekiston-Italiya munosabatlarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi

27.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 27-may kuni Rim shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Italiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luidji Di Mayo bilan uchrashdi.

O‘zbekiston-Finlyandiya TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida

27.05.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 27-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Finlyandiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning o‘ninchi davrasi bo‘lib o‘tdi.

AKT vazirligi delegatsiyasi Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan TEKNOFEST Aerokosmos va texnologiyalar festivalida qatnashmoqda

27.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni kunlarda Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida o‘z ishini boshlagan TEKNOFEST Aerokosmos va texnologiyalar festivalida ishtirok etmoqda.

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo davlatlarning atrof-muhit masalalari bo‘yicha ekspertlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

27.05.2022ShHTManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Toshkent shahrida ShHTga a'zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish mas'ul vazirlik va idoralar rahbarlarining uchinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir oldidan tashkilotga a'zo davlatlarning atrof-muhit masalalari bo‘yicha ekspertlari ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzulla Oblomuradov Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligining Ekologik nazorat va boshqaruv qo‘mitasi raisi Zulxufar Joldasov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

27.05.2022EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Uchrashuvda tomonlar keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar, tajriba almashish bo‘yicha o‘zaro tashriflarni va erishilgan do‘stona munosabatlarni yuqori baholab o‘tdilar.

BMT vakillari bilan O'zbekistonda barqaror innovatsion ekotizimni shakllantirish masalalari muhokama etildi

27.05.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O'zbekiston Respublikasi Innnovatsion rivojlanish vazirligi Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Bunyod Rahmatullaev Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Evropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi o'rinbosari D.Maryasin bilan uchrashdi. 

Innovatsion rivojlanish vaziri Pokiston elchisi bilan uchrashdi

26.05.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Pokiston Islom Respublikasining O'zbekistondagi elchisi Sayid Ali Asad Gillanini qabul qildi. Uchrashuvda, shuningdek, Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo'limi mutaxassisi A. Mirzaaliev, shuningdek Pokiston elchixonasi uchinchi kotibi Tuba Asif ishtirok etdilar.

Qohirada O‘zbekiston-Misr siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

26.05.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Qohira shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 10-davrasi bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori bilan IT ta’limni rivojlantirish va ushbu universitetning yangi axborot texnologiyalari fakultetini ochish masalalari muhakoma qilindi

26.05.2022MadaniyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 26-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori Xan Jong Sok bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Markaziy Osiyo ekspertlari ma’lumotlardan foydalanish orqali davlat siyosati samaradorligini oshirish choralarini muhokama qilinmoqda

26.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Jahon banki O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusida ikki kunlik yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o‘tkazmoqda.

Moʻgʻuliston bankirlari assotsiatsiyasi (MBA) vakillari bilan uchrashuv

26.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Moliya vazirligi binosida, vazirlik, sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Byudjet va soliq tadqiqot instituti mutasaddilari va Moʻgʻulistonning bank-moliya faoliyati bilan shugʻullanadigan barcha Moʻgʻuliston banklari va boshqa tegishli moliya institutlarini birlashtirgan Moʻgʻuliston bankirlari assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdilar.