O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Italiya munosabatlarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi

2022-05-27 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 27-may kuni Rim shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Italiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luidji Di Mayo bilan uchrashdi.

Uchrashuv O‘zbekiston-Italiya hamkorligining bugungi holatini ko‘rib chiqish va uni yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. O‘zbekiston-Italiya munosabatlarining keng ko‘lamli kun tartibini muhokama qilar ekan, tomonlar investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlariga alohida e'tibor qaratdilar.
 
O‘zaro savdo rivojlanishida ijobiy natijalar qayd etildi. 2021-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga oshdi. Joriy yilning birinchi choragida ham to‘qimachilik, oziq-ovqat, charm-attorlik buyumlari, asbob-uskunalar va boshqa tovarlar yetkazib berish hajmining ortishi tufayli o‘sish tendensiyalari kuzatildi. Tomonlar ikki tomonlama savdo hajmini oshirish bo‘yicha navbatdagi qo‘shma sa'y-harakatlarni ko‘rib chiqdilar va bu boradagi ishlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
 
Investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish mexanizmlariga ham e'tibor qaratildi. So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda Italiya kapitali asosida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni ikki baravar ko‘paydi. Ular asosan tog‘-kon sanoati, metallurgiya, neft'-kimyo va elektrotexnika tarmog‘i, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi yangi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini o‘zaro yanada yaqinlashtirish hamda O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish maqsadida Italiya investitsiyalari va texnologiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni davom ettirish dolzarbligi ta'kidlandi.
 
Shuningdek, uchrashuvda energetika sohasidagi hamkorlik, hududlararo munosabatlar masalalari hamda ikki tomonlama tadbirlarga, jumladan, Savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorligi bo‘yicha O‘zbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlariga to‘xtalib o‘tildi.
 
Tomonlar ikki taraflama munosabatlar kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan fikr almashgandan so‘ng, kelgusidagi hamkorlik borasida muhim kelishuvlarga erishdilar, bu esa qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda sezirlarli darajada oldinlanish imkonini beradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться