O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda O‘zbekiston-Tojikiston Ishbilarmonlar kengashining 5-yig‘ilishi va “B2B” shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2022-05-31 | Jamiyat

Kecha poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar Kengashining 5-yig‘ilishi va ikki davlat tadbirkorlarining “B2B” shaklidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Savdo–sanoat palatasi maʼlumotiga ko‘ra, “B2B” shaklidagi muzokaralarda O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining 400 dan ortiq va Tojikistonning 150 ga yaqin vakili ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov, Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Manzura Rustamova  qatnashdilar.

Qayd etish kerakki, Tojikiston delegatsiyasi tarkibida yetakchi korxonalar tadbirkorlari bo‘lib, asosiy eʼtibor o‘zbek korxonalari bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga qaratildi.

Muzokaralarning  asosiy maqsadi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tojikiston va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirish, zamon talabidagi sanoat mahsulotlarini ikki davlat bozorlariga yetkazib berishni kengaytirish va bu kabi ishlarni rivojdantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish tarafdori ekanligini, shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida o‘zaro manfaatli loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bilan sarmoyaviy hamkorlikni tubdan rivojlantirishga tayanishi taʼkidlandi.

Qayd etish joizki, amalga oshirilayotgan islohotlar va kichik biznes uchun yaratilgan investitsion muhit va imkoniyatlar O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatni taʼminlamoqda.

Tadbir davomida tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlarini hamkorlarga namoyish etdi, shuningdek, ularning eksport salohiyati va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar Kengashining 5-yig‘ilishida mamlakatimiz savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov ishtirokchilarni qutladi. U O‘zbekiston va Tojikiston nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlarning farovonligi va barqaror rivojlanishini taʼminlashda o‘zaro bir-biriga mos manfaatlarga ega ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlarda ishbilarmonlik aloqalari, o‘zaro savdo va sarmoyaviy sohadagi hamkorlikni mustahkamlash uchun sharoit yaratilgani qayd etdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha ham batafsil maʼlumot berildi. Tadbir ishtirokchilariga manfaatdor investorlar va tadbirkorlar bilan kelgusida istiqbolli loyiha takliflari taqdim etildi.

Anjuman yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar Kengashining beshinchi yig‘ilishi bayonnomasi va ikki mamlakatning ishbilarmonlari o‘rtasida qator hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться