O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT vazirligi delegatsiyasi Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan TEKNOFEST Aerokosmos va texnologiyalar festivalida qatnashmoqda
2022-05-27 | Iqtisodiyot
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni kunlarda Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida o‘z ishini boshlagan TEKNOFEST Aerokosmos va texnologiyalar festivalida ishtirok etmoqda.
TEKNOFEST festivali 2018-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan bo‘lib, joriy yil ushbu tadbir Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlantirish va transport vazirligi, Turkiya Respublikasi sanoat va texnologiyalar vazirligi hamda Turkiya texnologiya jamoasi fondi tomonidan tashkil etilgan.
Festivalda Ozarbayjon va Turkiya davlatlarining aviasiya, kosmos va raqamli texnologiyalar sohalarida zamonaviy innovasion texnologiyalar va yechimlar taqdim etiladi. Shuningdek, mazkur tadbir doirasida turli konkurslar, xakatonlar, yoshlar chempionati kabi musobaqalar o‘tkaziladi.
TEKNOFEST festivali 29-mayga qadar davom etadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi