O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston va Eron: sportni hamkorlikda rivojlantirish uchun yana bir qadam qo’yildi

2022-05-27 | Sport

Bugun Sportni rivojlantirish vazirligida vazir Adxam Ikramov va Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hamid Nayyirobodiy oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvda ikki davlat oʻrtasida sportni yanada rivojlantirish, murabbiylar va sportchilar o’rtasida tajriba almashish uchun zarur platformalarni tashkil etish, milliy sport turlarini rivojlantirish hamda sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Sportni rivojlantirish vaziri yaqinda bo’lib o’tgan ShHTning sport vazirlari uchrashuvi, Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) Ijroiya qo‘mitasining 77-yig‘ilishi hamda Milliy Olimpiya qo’mitasining 30 yilligiga bag'ishlangan xalqaro tadbirlar haqida to’xtalib o’tdi. 

Shuningdek, vazir tomonidan Eron Islom Respublikasi bilan hamkorlik qilish nafaqat vazirlik, balki butun sport hamjamiyati uchun manfaatli ekanligi ta’kidlandi.

Shu qatorda Eron Islom Respublikasi elchisi tomonidan samimiy va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildirilib,O’zbekiston hamda Eron mamlakatlari o’rtasida ham iqtisodiy, ham gumanitar sohalarda ikki tomonlama aloqalar juda tez fursatda yangi pog’onaga chiqqani ma’lum qilindi. Elchi o’z so’zini davom ettirar ekan, ikki mamlakat o’rtasida sport sohasidagi hamkorlik uzoq tarixga borib taqalishi, ikki mamlakatning iroda va kuch timsoliga aylanib ulgurgan Pahlavon Mahmud nomi bilan Eronda ochilgan kurash maktabi buning yaqqol misoli ekanligi ta’kidlandi. Shu bilan birga hozirgi kunda ikki mamlakatning sport sohasiga mas’ul idoralari o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi ma’lum qilindi.

Doʻstona va samimiy ruhda oʻtgan muloqotda sport sohasini yangi darajaga olib chiqish va oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться