O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo davlatlarning atrof-muhit masalalari bo‘yicha ekspertlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2022-05-27 | ShHT
Toshkent shahrida ShHTga a'zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish mas'ul vazirlik va idoralar rahbarlarining uchinchi majlisi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir oldidan tashkilotga a'zo davlatlarning atrof-muhit masalalari bo‘yicha ekspertlari ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.
Muhokamalar davomida tomonlar ShHTga a'zo davlatlarning 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasining amalga oshirilishi va ShHTning ekologik axborot almashinuvi uchun yagona platformasini birgalikda yaratish dasturi loyihasini muhokama qildilar hamda kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan fikr almashishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi