O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzulla Oblomuradov Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligining Ekologik nazorat va boshqaruv qo‘mitasi raisi Zulxufar Joldasov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2022-05-27 | Ekologiya

Uchrashuvda tomonlar keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar, tajriba almashish bo‘yicha o‘zaro tashriflarni va erishilgan do‘stona munosabatlarni yuqori baholab o‘tdilar.

Uchrashuv yakunida mehmonlar Davlat ekologiya qo‘mitasi binosida faoliyat yuritayotgan loyihalar markazi hamda chiqindilarni olib chiqish, tashish va poligonlarga ko‘mish tizimini onlayn monitoring qilish geoinformasion markazi, shuningdek, mobil' ekologik laboratoriya bilan tanishdilar. 

Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasi joriy yilning 27-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a'zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga mas'ul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться