O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMT vakillari bilan O'zbekistonda barqaror innovatsion ekotizimni shakllantirish masalalari muhokama etildi
2022-05-27 | Innovatsiya
O'zbekiston Respublikasi Innnovatsion rivojlanish vazirligi Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Bunyod Rahmatullaev Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Evropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi o'rinbosari D.Maryasin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda D.Maryasin yaqinda e'lon qilingan «O'zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun innovatsiyalar» milliy sharhi haqida to'xtalib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va komissiya mamlakatimiz rivoji uchun yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi. BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo'yicha Maxsus dasturi (SPECA) doirasida barqaror va samarali innovatsion ekotizimni shakllantirish, startaplarni qo'llab-quvvatlash, biznes aktseleratsiya inkubatsiya platformalarini yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ilmiy ishlanmalar natijalarini tijoratlashtirish bo'yicha hamkorlikni kengaytirish bo'yicha kelishib olindi.
Shuningdek, B.Rahmatullaev Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot konferentsiyasining Ilm-fan, texnologiyalar va AKT departamenti rahbari A. Sants bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda elektron savdo va transport logistikasi ilg'or innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va ushbu soha mutaxassislarini malakasini oshirish bo'yicha o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida Savdo va taraqqiyot konferentsiyasi ko'magida elektron savdoni rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish va texnoparklarni boshqarish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish va kadrlar malakasini oshirish dasturini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi