O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

2022-06-02 | Iqtisodiyot

Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi arafasida Toshkent shahrida ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillarini birlashtirgan O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Davlatali Said ochib berdi.
 
O‘z chiqishlarda ikki mamlakat delegasiyalari rahbarlari iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish, yuqori texnologiyali qo‘shma ishlab chiqarish ob'ektlarini yaratish, yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va istiqbolli bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligini qayd etdilar hamda O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillarini faol va muvaffaqiyatli hamkorlik qilishga chaqirdilar. Shu o‘rinda, ikki mamlakat hukumatlari qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda har qanday zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligi ta'kidlandi.
 
Yaqin kelajakda o‘zaro savdoni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida tez orada “Oybek” va “Fotexobod” nazorat punktlarining yonida “O‘zbekiston – Tojikiston” chegaraoldi savdo-sanoat zonasini tashkil qilish rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi. Unda ishlab chiqarish ob'ektlari, logistika markazlari va zarur infratuzilma joylashgan bo‘ladi.
 
Shuningdek, mamlakatlarimizning yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmasevtika, elektrotexnika, tog‘ - kon sanoati va energetika kabi sohalarda sanoat kooperatsiyasini yanada chuqurlashtirish borasidagi ishlarni faollashtirish niyatlari ma'lum qilindi. Shu nuqtai nazardan, 2021-yilda xususiy sektor loyihalarini qo‘llab-quvvatlashning samarali vositasi sifatida tashkil etilgan O‘zbekiston-Tojikiston investitsiyaviy kompaniyasining imkoniyatlari ta'kidlandi.
 
Forum davomida transport va logistika hamda hududlararo hamkorlik sohalaridagi qo‘shma loyiha va tashabbuslar haqida ham so‘z yuritildi.
 
Tadbir doirasida “B2G” va “B2B” formatidagi ishtirokchilarning maqsadli uchrashuvlari o‘tkazildi. Forum yakunlari bo‘yicha 1062,6 million dollarlik 75 savdo-iqtisodiy hujjat imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться