O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moʻgʻuliston bankirlari assotsiatsiyasi (MBA) vakillari bilan uchrashuv

2022-05-26 | Iqtisodiyot

Moliya vazirligi binosida, vazirlik, sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Byudjet va soliq tadqiqot instituti mutasaddilari va Moʻgʻulistonning bank-moliya faoliyati bilan shugʻullanadigan barcha Moʻgʻuliston banklari va boshqa tegishli moliya institutlarini birlashtirgan Moʻgʻuliston bankirlari assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdilar.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekiston bank-moliya sektori bilan tanishish, investitsiya imkoniyatlarini qidirish va ikki mamlakat moliya sektorlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat boʻldi.

Uchrashuvda sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi direktori Kamoliddin Talipov Oʻzbekiston Respublikasi sugʻurta bozorining holati toʻgʻrisidagi taqdimoti bilan soʻzga chiqdi. Moliya vazirligi Davlat byudjeti boshqarmasi byudjet siyosati va konsolidasiyalashgan byudjetni shakllantirish boʻlimi boshligʻi Shoxrux Ishonqulov fiskal siyosat boʻyicha maʼruza qildi.

Oʻz navbatida, Moʻgʻuliston vakillari taqdimot va ma’ruzaga oid oʻz savollarini berib, uchrashuv yakunida ikki mamlakat oʻrtasida moliya va sugʻurta sohasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istagini bildirdilar.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться