O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq ho'jaligi

Agrar soha vakillari uchun FAO treninglari

26.07.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

18-21-iyul kunlari Toshkent viloyatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida professional trenerlarni tayyorlash maqsadida “Trenerlar uchun trening” o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, hamkor tashkilotlar, jumladan, soha oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar FAO/GEFning “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” (CACILM-2) loyihasini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Yaypan xonadonlarining birida 90 xilga yaqin noyob o‘simliklar yetishtirilmoqda

22.07.2022JamiyatManba: O'zA

Farg‘ona viloyatining har bir hududida tomorqachilikda o‘ziga xos maktab yaratilgan bo‘lib, bu minglab oilalarning daromad manbai bo‘lmoqda. O‘zbekiston tumanidagi Eski Yaypan mahallasida yashovchi Baxtiyorjon Sulaymonovning 7 sotixli tomorqasida bir qarich bo‘sh yer topolmaysiz. Bu xonadon egasining omilkorlikdaki uzoq yillik qiziqishlari va mehnatlari mahsuli, o‘ziga xos tajriba maydonchasi, desak xato bo‘lmaydi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida keng qamrovli ro‘yxatga olish ishlari uchun tayyorgarlik

22.07.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Yevropa va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasining statistika bo‘yicha mutaxassisi Giorgiy Kvinikadze O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida sinov tariqasida ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayoniga ko‘mak ko‘rsatish uchun taklif etildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Narpay tumanidagi paxta etishtirish ishlari bilan tanishdi

22.07.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik Kengashi raisi, Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov Samarqand viloyati Narpay tumaniga tashrif buyurdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi

19.07.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-iyul kuni oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni va aholi daromadlarini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi bo‘yicha Ishchi guruhining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

05.07.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida Turkiy Davlatlar Tashkiloti (Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Vengriya va Turkmaniston) va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirlari uchrashuvlari hamda Turkiy davlatlar Agroforumi bo‘lib o‘tadi.

Paxtachilik va to‘qimachilik rivoji uchun yangi imkoniyatlar belgilandi

29.06.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyun kuni paxta hosildorligini oshirish va to‘qimachilik mahsulotlari eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston fermerlari sariq rangli tarvuz yetishtirmoqda

20.06.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Respublikadagi yirik savdo markazlari peshtaxtalarida sariq tarvuzga ko‘zingiz tushib, hatto uni xarid qilgan va taʼmini tatib ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.

2022-yil 1-10-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasida shakar savdosi tahlili

14.06.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Tovar-xomashyo birja savdolariga qo‘yilgan bir tonna shakarning narxi 12 500,1 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 10-iyun kungi birja savdolarida shakarning narxi 14 554,5 ming so‘mga yetdi va oy boshiga nisbatan 16,4 % (2 054,4 ming so‘m)ga oshgan. Ushbu davr mobaynida shakarning o‘rtacha narxi bir tonna mahsulot uchun 13 108,4 ming so‘mdan iborat bo‘lgan.

Zara, Pull & Bear, Bershka kompaniyasi egasi O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini o‘rganmoqda

09.06.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Ispaniyaning INDITEX kompaniyasining Ijtimoiy barqarorlik direksiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2022-yilgi boshoqli don hosilini o‘z vaqtida o‘rib-yig‘ib olish ishlari

03.06.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Respublikaning Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari 25-maydan boshlangan bo‘lib, bugungi kunda janubiy tumanlarda hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi

02.06.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

1-iyun kuni qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev va Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2022-yil 3-4-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchilarning qishloq xo‘jaligi vazirlari 1-yig‘ilishi hamda 1-Turk Agroforumiga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi.

Kanada elchisi bilan agrar sohadagi hamkorlik muhokamasi

02.06.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligida Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Alison Lekler xonim bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining maslaxatchisi Alisher Shukurovning uchrashuvi  bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston – Tojikiston Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisiga doir

30.05.2022Iqtisodiyot

Joriy yilning 30-may kuni Dushanbe shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Tojikiston Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida

25.05.2022IqtisodiyotManba: «Yangi O"zbekiston»

2022-yil 23-may kuni Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

MDH Hukumat rahbarlari Kengashining majlisiga doir

20.05.2022Siyosat

Joriy yilning 20-may kuni Qozog‘iston Respublikasi raisligida videokonferensaloqa orqali Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligida kosmik maʼlumotlar va xizmatlarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

20.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Toshkent shahrida Yevropa komissiyasining Texnik yordam va axborot almashish (TAIEX PI) loyihasi doirasida respublikaning tegishli vazirlik va idoralarining mutaxassislari uchun  kunlari tashkil etilgan to‘rt kunlik seminar o‘z ishini tugatdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida Ozarbayjon delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

16.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2022-yil 11-may kuni Ozarbayjon Respublikasi Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi raisi Tahmazli Goshgar boshchiligidagi delegatsiya O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurdi. 

Vengriyadan kartoshkaning mini tuganaklari keltirildi

16.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Respublikamizga Vengriyadan “Botond”, “Balatoni rózsa”, “Balatoni Sárga”, “Démon”, “White Lady” navlarining 52 ming dona mini tuganaklari olib kelindi. 

Turkiya O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi texnikalari va yangi kartoshka navlari urug‘larini topshirdi

16.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) O‘zbekistonda kartoshkachilikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha texnik ko‘mak loyihasi doirasida mamlakatimizga qishloq xo‘jaligi texnikasi va kartoshkaning yangi 5 ta navini yetkazib berdi.