O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaypan xonadonlarining birida 90 xilga yaqin noyob o‘simliklar yetishtirilmoqda

2022-07-22 | Jamiyat

Farg‘ona viloyatining har bir hududida tomorqachilikda o‘ziga xos maktab yaratilgan bo‘lib, bu minglab oilalarning daromad manbai bo‘lmoqda. O‘zbekiston tumanidagi Eski Yaypan mahallasida yashovchi Baxtiyorjon Sulaymonovning 7 sotixli tomorqasida bir qarich bo‘sh yer topolmaysiz. Bu xonadon egasining omilkorlikdaki uzoq yillik qiziqishlari va mehnatlari mahsuli, o‘ziga xos tajriba maydonchasi, desak xato bo‘lmaydi.

Sababi, bu mo‘’jazgina hovlida 90 xilga yaqin turdagi noyob va kamyob o‘simliklar yetishtirilmoqda. Ular orasida shifobaxsh o‘simliklar ham talaygina. Tomorqadagi funduk (o‘rmon yong‘og‘i), godji (“Tibet barbarisi”), pekan yong‘og‘i, sumax (sirka daraxti), oq qayin, bambuk, mango, kivi, longan, lichi, bergamot, papaya, apelsin, mandarin, ananas, golubika, qorag‘at (smorodina), chakanda (oblepixa), jasmin, magnoliya kabi noyob va manzarali daraxtlar, ekzotik mevalar, gul ko‘chatlari, dorivor o‘simliklar yashillikka burkangan.

Shimoliy Amerika, Italiya, Xitoy va boshqa ko‘plab chet davlatlardan keltirilgan ko‘chatlar o‘zimizning iqlimga moslashtirilgan. Ziyolilar oilasidan bo‘lgan usta omilkorning ta’kidlashicha tomorqachilik hadisini aslida rahmatli otasidan o‘rgangan. Ko‘pdan buyon tomorqasidagi noyob dorivor va ziravor o‘simliklar yordamida shifotalab hamyurtlarning dardiga ham malham bo‘lib kelmoqda.
– O‘tgan yili yetilgan bambuk ko‘chatini har 3-4 tasini 500 ming so‘mdan, 4 yillik pekan yong‘og‘i ko‘chatini esa 170 ming so‘mdan xaridorlarga yetkazib berdik, – deydi 57 yoshli xonadon egasi. – Samarqand, Toshkent viloyatlaridan eshitib, qiziqib, olib ketishdi. Bundan tashqari boshqa ko‘plab noyob gul va daraxt ko‘chatlariga yurtdoshlarimizning qiziqishi katta. Hozirda fundukning 500 tupini palg‘ari usulida ko‘paytirib qo‘ydim. Bir dona ko‘chati oltmish ming so‘mdan turadi. Endilikda, tomorqaning o‘zida mazkur o‘simliklarni yanada ko‘paytirishga mo‘ljallangan maxsus laboratoriya ham tashkil etmoqchiman

Manba: O'zA

Поделиться