O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vengriyadan kartoshkaning mini tuganaklari keltirildi
2022-05-16 | Iqtisodiyot
Respublikamizga Vengriyadan “Botond”, “Balatoni rózsa”, “Balatoni Sárga”, “Démon”, “White Lady” navlarining 52 ming dona mini tuganaklari olib kelindi.
Ushbu mahsulot O’zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instutituti, O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi hamda Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlari universiteti bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida keltirildi.
2022-yilning 5-7-may kunlari Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti Kartoshkachilik ilmiy markazi direktori Zolt Polgar va universitet vakili Shandor Batizi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instutitutiga tashrif buyurishdi. Mehmonlar yaqinda foydalanishga topshirilgan ko‘chatchilikga ixtisoslashgan javonli (stelajli) zamonaviy issiqxona kompleksida ham bo’lishdi. U yerda Vengriyadan keltirilgan mini tuganaklarni o‘ziga xos yangi innovatsion va intensiv usulda ekib ko‘paytirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha institut olimlari bilan maslahatlashib, o‘z tavsiyalarini berishdi.
Ayni kunlarda ushbu issiqxonada Vengriyadan keltirilgan kartoshkaning mini tuganaklarini ekish ishlari hamkorlar bilan birgalikda olib borilmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi