O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kanada elchisi bilan agrar sohadagi hamkorlik muhokamasi
2022-06-02 | Iqtisodiyot
Qishloq xo‘jaligi vazirligida Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Alison Lekler xonim bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining maslaxatchisi Alisher Shukurovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, taʼlim va agrar sohada ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirilishini muhokama qildilar.
Uchrashuv doirasida respublikada qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar, investitsiya kiritishga oid imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik, baliqchilik, agroekologiya va resurs tejovchi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish belgilab olindi.
Tadbirda tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro akademik, ilmiy va tadbirkor doiralari vakillari ishtirokidagi uchrashuvlar tashkil etilishini muhokama qilishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi