O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston fermerlari sariq rangli tarvuz yetishtirmoqda

2022-06-20 | Jamiyat

Respublikadagi yirik savdo markazlari peshtaxtalarida sariq tarvuzga ko‘zingiz tushib, hatto uni xarid qilgan va taʼmini tatib ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.

Respublikadagi yirik savdo markazlari peshtaxtalarida sariq tarvuzga ko‘zingiz tushib, hatto uni xarid qilgan va taʼmini tatib ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. 

Sariq tarvuz qanday paydo bolgan?

Ushbu tarvuz jahon bozorida, shuningdek, Ozbekistonda paydo bolganiga kop bolgani yoq. Sariq tarvuz chet ellik seleksioner olimlar tomonidan yovvoyi va madaniy tarvuzni chatishtirish oqibatida olingan gibrid hisoblanadi. Ilk hosil Orta yer dengizi mamlakatlaridan olingan bolsa, bugun butun dunyo boyicha yetishtirilmoqda. Tashqi korinishdan sariq tarvuzlar ovalsimon yoki dumaloq boladi. Posti yashil, silliq yoki yol-yol rangda. Sabzavotning ichi sariq rangda hamda vazni ortacha 1,5 kg dan 4-5 kgni tashkil etadi.

Sariq bilan qizil tarvuzning farqi nimada?

Ular orasidagi asosiy va eng katta farq ichidagi massasining rangida. Sariq tarvuzning urug‘lari kamroq yoki umuman bo‘lmaydi. Taʼmi mango, limon va ananasga o‘xshab ketadi. Sariq tarvuz navlari qizilga qaraganda sal oldinroq pishadi, yaʼni tezpishar sanaladi. Butun dunyo bo‘yicha sariq tarvuz narxlari qizilga qaraganda biroz yuqoriroq bo‘lishi kuzatilmoqda.

Qanday yetishtiriladi?

Urug‘idan yetishtirilgan ko‘chat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq yer maydonlariga ekiladi. Bu muddat respublikamiz markaziy hududlarida mart oyiga togri keladi. Ilk hosil may ortalarida olinadi. Iloji boricha koproq quyosh tushadigan maydonlarni tanlash maqsadga muvofiq. Agar tunda sovuq havo kuzatiladigan bolsa, ustini yopish tavsiya etiladi. Sariq tarvuz navlari kasallik va zararkunandalarga chidamli. Shuning uchun maxsus kimyoviy dorilash shart emas. Mineral yoki organik ogitlar mos keladi. Hosil yigishga yaqin vaqtda sugorishni kamaytirish kerak. Shunda tarvuz shirinroq boladi. Sabzavotning tuproqqa tegib turgan joyi oq yoki sarg‘ish rangga kirsa va urib ko‘rganda maxsus tovush eshitilsa, demak, pishgan bo‘ladi.

Foydali xususiyatlari

Sariq tarvuz tarkibida A, B1, B2, B5, B6, B9, E, C, PP vitaminlari bor. Shuningdek, kalsiy, kaliy, magniy, temir, natriy, fosfor moddalariga serob. U immun tizimiga ijobiy taʼsir qiladi, turli infeksiya, viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi. Eng muhimi, sariq tarvuz parhezda bo‘lgan, allergiyasi bor odamlar uchun foydali. Chunki unda qand moddasi va kaloriya kam.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться