O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi texnikalari va yangi kartoshka navlari urug‘larini topshirdi
2022-05-16 | Iqtisodiyot
Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) O‘zbekistonda kartoshkachilikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha texnik ko‘mak loyihasi doirasida mamlakatimizga qishloq xo‘jaligi texnikasi va kartoshkaning yangi 5 ta navini yetkazib berdi.
Taqdimotda TIKAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Djemalittin Tuney ishtirok etdi.
Aytish kerakki, mazkur loyiha O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga quyidagilar yetkazib berildi:
kartoshka yig‘ish mashinasi,
kartoshka ekish mashinasi,
kartoshka o‘simligi atrofiga tuproq uyish va egatlarni yumshatish mashinasi,
o‘g‘itlash mashinasi,
yomg‘irlatib oziqlantirish mashinalari.
Institutga ilmiy maqsadlarda “Leventbey”, “Onaran-2015”, “Nahita”, “Nigsah”, “Alegria” navlaridagi kartoshka urug‘lari taqdim qilindi. Ular institutning Toshkent, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyalarida zamonaviy texnologiyalar asosida hududlarning turli tuproq-iqlim sharoitlarida sinovdan o‘tkaziladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi