O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zara, Pull & Bear, Bershka kompaniyasi egasi O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini o‘rganmoqda

2022-06-09 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Ispaniyaning INDITEX kompaniyasining Ijtimoiy barqarorlik direksiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun: umumiy qiymati 20 milliard dollarga yaqin aktivlarni boshqaradigan INDITEX kompaniyasi tarkibiga ZARA, Bershka, Massimo Dutti, Pull&Bear va boshqa eng mashhur to‘qimachilik brendlari kiradi.
 
Uchrashuv chog‘ida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, paxtani yetishtirish va qayta ishlashga yangi “Klaster” yondashuvini joriy etish, paxtani yetishtirish va hosilini yig‘ishda bolalar va majburiy mehnatga barham berish, eco-friendly kiyimlarni ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarini davlat tomonidan tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimining benefisiari maqomini olgani, shuningdek, Cotton Campaign Xalqaro koalitsiyasi tomonidan o‘zbek paxtasiga e'lon qilingan boykot bekor qilingani haqida so‘z bordi. Tomonlar mamlakatda biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar, tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda kompaniyaning investisiyaviy portfelini kengaytirish istiqbollarini har tomonlama ko‘rib chiqdilar.
 
Uchrashuv davomida kompaniya vakillariga to‘qimachilik sohasidagi o‘zbek korxonalarini jahon miqyosidagi ishlab chiqarish va ta'minot zanjirlariga jalb etish imkoniyatlari, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘qimachilik kompaniyalari va paxta-to‘qimachilik klasterlarining salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan choralar, tarmoq korxonalarida ishchilar uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhit va iste'molchilarga zararli ta'sirini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
 
Uchrashuv ishtirokchilari qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda O‘zbekistonda kompaniya faoliyatini yo‘lga qo‘yish istiqbollarini batafsil muhokama qildilar. To‘qimachilik sanoati korxonalarining salohiyatini o‘rganish, bozor imkoniyatlarini baholash hamda amaliy hamkorlikning boshqa jihatlari ustida ish olib borish ham rejalashtirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться