O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2022-yil 1-10-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasida shakar savdosi tahlili
2022-06-14 | Jamiyat
Tovar-xomashyo birja savdolariga qo‘yilgan bir tonna shakarning narxi 12 500,1 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 10-iyun kungi birja savdolarida shakarning narxi 14 554,5 ming so‘mga yetdi va oy boshiga nisbatan 16,4 % (2 054,4 ming so‘m)ga oshgan. Ushbu davr mobaynida shakarning o‘rtacha narxi bir tonna mahsulot uchun 13 108,4 ming so‘mdan iborat bo‘lgan.
1-10-iyun kungi birja savdolariga jami 19 646,0 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, bir kunlik savdolarga o‘rtacha 2 455,8 tonnadan to‘g‘ri keldi. Jumladan, oy boshida 3 000 tonna shakar birja savdolarida sotilgan bo‘lsa, 10-iyun kungi savdolarda 2 002 tonna yoki 33,3 % (998 tonna) kam shakar realizatsiya qiligan.
2022-yil 1-10-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjalarida sotilgan shakarning
minimal va maksimal narxlari hamda hajmlari tahlili 2022-yil iyun oyining dastlabki o‘n kunligida Respublika Tovar-xomashyo birjalarida sotilgan shakarning minimal bahosi bir tonna mahsulot uchun 11 984,7 ming so‘mni, maksimal narxi 14 554,5 ming so‘mni tashkil etdi va o‘rtacha narx esa 13 108,4 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, birja savdolarida taklif etilgan shakarning eng kam hajmi 7-8-iyun kunlari ( 2000 tonnadan) kuzatilgan. Eng ko‘p hajmi (3072 tonna) esa 3-iyun kungi savdolarga to‘g‘ri kelgan. Ushbu davr oralig‘ida bir kunlik savdolarda o‘rtacha 2 456 tonnadan shakar sotilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi