O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy-texnik axborot markazi tashkil etildi
2019-12-30 | Fan
Joriy yilning dekabr oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilmiy-texnik axborot markazi oʻz faoliyatini boshladi.
Markazni tashkil etishdan maqsad — davlat ilmiy-texnik axborot tizimini takomillashtirishdir. Oʻz navbatida markazning dastlabki bosqichdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Ilmiy-texnik axborot bazalarini shakllantirish hamda ilmiy-innovatsion faoliyat samaradorligini har tomonlama tahlilini amalga oshirish;
2.Innovatsion rivojlanish boʻyicha yillik Milliy hisobot uchun materiallar tayyorlash;
3.Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda moliyalashtirish uchun taqdim etilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini ilmiy-texnik ekspertizadan oʻtkazishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish;
4.Ilmiy-texnik axborot almashinuvida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Markaz mamlakatimizning har yili Global innovatsiyalar indeksi (GII) reytingiga qoʻshilishi uchun zarur boʻlgan innovatsiya sohasiga oid maʼlumotlar va koʻrsatkichlarni tayyorlaydi.
Markaz ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasida strategik va tezkor qarorlar qabul qilish jarayonlarini axborot taʼminotini amalga oshiradi.