O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vazirligi Amiti universitetida Inkubatsiya markazi tashkil etilishida qatnashadi
2019-12-25 | Ta’lim
2019-yil 24-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vaziri birinchi oʻrinbosari v. b. Sharof Rajabbayev Amiti universiteti vitse-prezidenti d-r Gurinder Singxni qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent shahridagi Amiti Universiteti fililalida talabalar oʻrtasida innovatsion va texnologik gʻoyalari ragʻbatlantirish va ularni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish uchun inkubator markazini tashkil etish masalasini muhokama qildilar. Ushbu Inkubatsiya markazidan nafaqat Amiti universiteti, balki boshqa taʼlim muassasalari talablari ham foydalanishlari mumkinligi taʼkidlandi.
Sharof Rajabbayev markazni tashkil etish va uni faoliyatini yuritishda vazirlik tomonidan yaqindan koʻmak berilishini bildirib oʻtdi. Shuningdek, Amiti Universitetida yaratilgan va rivojlantirilgan gʻoyalar va ishlanmalarni Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Yashnobod texnoparki hamda IT-Parkda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyati mavjudligini qayd etdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi va Amiti Universiteti bilan hamkorlikning boshqa yoʻnalishlarda ham davom ettirish boʻyicha muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.