O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gemodinamik qon oʼrnini bosuvchi preparat yaratildi
2020-01-16 | Innovatsiya
Qon oʼrnini bosuvchi suyuqliklar, infuzion vositalar – davolash maqsadida qon yoki plazma oʼrniga ishlatiladigan vositalar hisoblanadi. Ular shok holatida, koʼp qon yoʼqotilganda, kamqonlik, yiringli Septik kasalliklarda, kuyganda va boshqa(lar)da qoʼllaniladi.
Taʼsir etishiga koʼra gemodinamik (shokka qarshi), dzintoksikatsion (organizmni zaharli moddalardan tozalovchi preparatlar) va parenteral qon oʼrnini bosuvchi suyuqliklar ajratiladi.
Ma’lumki, gemodinamik preparatlarga dekstran asosidagi oʼrta molekulali poliglyukin, polifer, poliglyusol, makrodeks, intradeks, dekstran, plazmodeks, xemodeks va boshqalar, shuningdek, quyi molekulali reopoliglyukin, reoglyuman, remakrodeks, lomodeks, dekstran-40, gemodeks; jelatina preparatlari – jelatinol, gemjel, jelofuzin, plazmojel; gidrooksietikraxmal asosidagi preparatlar – oksiamal, volekam, plazmosteril, voleks, 6-XES; politilen glikol asosidagi polioksidinlar ishlatiladi.
Koʼp funktsional gemodinamik taʼsirga ega boʼlgan qon oʼrnini bosuvchi preparat natriy, kaliy xloridlari, natriy gidrokarbonati, qahrabo kislotasi, inʼeksiya uchun suvni oʼz ichiga olgan boʼlib, shu bilan farqlanadiki, uning tarkibiga qoʼshimcha ravishda 3 fozili suvli eritmaning nisbiy qovushqoqligi 2,36 va molekulyar massasi 10-40 kDa boʼlgan depolimerizatsiyalangan galaktomannan Gleditsia triacanthos kirgan boʼlib, bunda komponentlarning oʼzaro nisbati quyidagicha, g/l: natriy xloridi - 6,0-6,4; kaliy xloridi - 0,2-0,4; natriy gidrokarbonati - 3,0-4,0; qahrabo kislota - 1,5-2,5; galaktomannan - 35-45; inʼeksiya uchun suv - 1 litrgacha nisbatni tashkil etadi.
Ixtiro uchun O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga “Ixtirolаr, foydаli modellаr vа sаnoаt nаmunаlаri toʼgʼrisidа”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra IAP 06029 raqamli patent berildi.