O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Dubaydagi “Future Foresight” seminar-treningida ishtirok etdi

2019-12-18 | Innovatsiya

Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va kelajak vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Future Foresight” trening-seminarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev boshchiligidagi 15 kishidan iborat delegatsiya BAAga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari O.Toʻychiyev Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va kelajak vazirligining Kelajak departamenti direktori Ibrohim Hamza Alqosim bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Seminar-trening, BAAning Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligining Iqtisodiy va savdo masalalari boʻyicha direktori Abdulnasser Al Shaali, Shayx Zayed uy-joy dasturining Dizayn boʻyicha direktori Fotima al-Hamdi hamda Iqlim oʻzgarishi va atrof-muhit vazirligi Hamkorlik va maxsus loyihalar direktori Shaima Al Aydarous tomonidan olib borildi.

Dastavval, seminar-treningning spikerlari tomonidan “Kelajakni drayverlar va trendlar orqali tadqiq qilish” mavzusida maʼruza oʻqildi, drayver va trendlar nima ekanligi, ularning nazariyasi va amaliyotga qanday tatbiq qilish mumkinligi toʻgʻrisida tushuncha berildi.

Soʻngra, “Ustuvor drayverlarning maʼlum bir sohalarga taʼsiri” mavzusida oʻquv mashgʻulotlar hamda “Kelajak uchun ssenariy yaratish va uni amalga oshirish chora-tadbirlari” mavzusida maʼruza boʻlib oʻtdi. Mavzu boʻyicha har bir jamoaning fikr-mulohazalari tinglandi va savol-javob tarzida fikrlar almashinildi. Shuningdek seminar-trening tinglovchilari 3 ta guruhga boʻlinib, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin boʻlgan trendlarni tanlab olishdi hamda bu trendlarning drayverlarini tahlil qilishdi va yaqin kelajakda erishilishi mumkin boʻlgan natijalarni taxmin qilishdi.

Oʻquv mashgʻulotlar yakunida, loyiha ishtirokchilari ceminar davomida tuzilgan 3 ta guruh tomonidan, oʻtgan mavzularga va berilgan vazifalarga doir taqdimotlari oʻtkazildi. Taqdimot oʻz ichiga davlat xizmatlarini raqamlashtirish, masofaviy taʼlim hamda inson kapitalini rivojlantirish yoʻnalishlarini oʻz ichiga oldi va tinglovchilar tomonidan yoritilgan ushbu loyihalarni real hayotga tatbiq qilinishi boʻyicha fikr almashildi.

Oʻquv seminarining asosiy maqsadi davlat xizmatchilarida tahlil qila olish koʻnikmalarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan loyihalarning istiqbollari va samaradorligini baholash mexanizmlarini tushuntirishdir. Bu oʻz navbatida u yoki bu turdagi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqt va resurslarni optimallashtirishda yordam beradi.

Поделиться