O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ko‘z mikrojarrohligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yagona O‘quv simulyatsion markazi rasman ochildi

2019-12-26 | Innovatsiya

25-dekabr kuni Koʻz mikrojarroxligi boʻyicha Markaziy Osiyoda yagona Oʻquv simulyatsion markazning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur simulyatsion oʻquv markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi, DMC Innovatsion klinikasi, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi hamkorligida xalqaro standartlar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgpan boʻlib, u Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan startap loyihalar tanlovi natijalariga koʻra moliyalashtirildi.

Tadbirda Bosh vazir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonova, Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Azimjon Nazarov, DMC klinikasi direktori Zulfiya Maqsudova va xodimlari, soha mutaxassislari va jurnalistlar ishtirok etdi.

– Bugungi kunda tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlashga, tibbiy xizmat sifatini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda, – dedi A.Nazarov, – Shu oʻrinda DMC innovatsion klinikasi yuqori texnologik tibbiy xizmatlarni koʻrsata oladigan koʻp tarmoqli innovatsion klinikalardan biridir. Ushbu klinika mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimiga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni keng olib kirdi, deb aytsak xato boʻlmaydi. Chunki bu klinika rahbariyati va xodimlari oʻz ustida tinimsiz ishlab, yangiliklarga intilgan holda oʻz faoliyatini tashkil qilib kelishmoqda.

Markazning asosiy maqsadi katarakta fakoemulsifikatsiyasi va vitreoretinal jarroxlik boʻyicha mutaxassislarni jahon standartlari darajasida tayyorlashdan iborat. Malaka oshirish amaliyotlari Germaniyada ishlab chiqarilgan Eyesi VRmagic simulyatsion apparatida amalga oshiriladi.
– Ushbu markaz koʻz mikroxirurgiyasi boʻyicha mutaxassislarni Respublikamizdan tashqariga chiqmasdan turib oʻta zamonaviy usulda murakkab amaliyotlarni oʻrganish imkoniyatini beradi. Maxsus simulyatorlarda amaliy treninglar natijalari avtomatik tarzda kompyuterlashtirilgan dastur orqali baxolanadi va bu oʻta malakali mutaxassislar yetishib chiqishi uchun asos xisoblanadi. Mazkur markazda biz yiliga 50 nafar yetuk mutaxassis yetishtirish imkoniyatiga egamiz, – deydi Z.Maqsudova.

Bugungi kunda mamlakatimizda eng keng tarqalgan operatsiyalardan biri – katarakta fakoemulsifikatsiyasi bilan shugʻullanadigan oftalmoxirurglar tayyorlash darajasi qoniqarsiz ekanligi kuzatilmoqda. Masalan, 2017-yili Oʻzbekistonda 40 000 taga yaqin katarakta jarroxligi amalga oshirilgan boʻlib, bu 1 000 000 aholi uchun 825 ta operatsiya deganidir, yaʼni mamlakatning yillik ehtiyojining atigi 24.5% ni tashkil etadi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda katarakta fakoemulsifikatsiyasi bilan shugʻullanadigan 11 nafar yuqori malakali mutaxassis mavjud. Respublika boʻyicha 150 000 fakoemulsifikatsiyaga muhtoj bemorlar borligini inobatga olsak, mana shu yuqori malakali mutaxassislar oʻz imkoniyatlaridan maksimal foydalangan holda yiliga jami 10 000 ta jarrohlik amaliyotini oʻtkazishlari mumkin.


Dunyoda katarakta fakoemulsifikatsiyasi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashning yana ikki turi mavjud: birinchisi — WetLab tizimi boʻlib, unda maʼruza va seminarlar shaklidagi nazariy mashgʻulotlar oʻtkaziladi hamda hayvonlarning koʻzlarida amaliy koʻnikmalar shakllantiriladi. Biroq hayvonlarning koʻzlari inson koʻzlaridan keskin farq qiladi, mutaxassislar hayvonlarning koʻzlarida oʻrtacha 20 ta operatsiyani amalga oshiradi xolos. Mazkur tizim tizim Rossiya Federatsiyasi, Yevropa va Qozogʻistonda qoʻllaniladi.

Ikkinchisi — nazariy mashgʻulotlar maʼruza va seminarlar shaklida oʻtkaziladi, amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash ishlari esa bevosita bemorlarning koʻzlarida amalga oshiriladi. Oʻz navbatida, vujudga kelishi mumkin boʻlgan asoratlar uchun taʼlim berayotgan jarrohning oʻzi javob beradi. Bunda mustaqil operatsiyalar soni 30 tani tashkil etadi. Ushbu taʼlim usuli Hindistonda qoʻllaniladi, odatda noqonuniy hisoblanadi. Ikki haftalik oʻquv jarayoni kamida 6 ming AQSH dollariga teng.

Oftalmoxirurg shifokorlarini tayyorlashning jahon standarti boʻlgan Eyesi by VRmagic tizimidan foydalangan holda Oʻzbekistonda innovatsion oʻquv-simulyatsiya markazining tashkil etilishi tibbiyotning mazkur yoʻnalishini rivojlantirishga katta turtki beradi.

Ushbu markaz Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yagona xisoblanishi bu uning noyobligidir, - deydi markaz direktori Duyseboyev E.T. Shu sababli nafaqat Respublikamiz, balki qoʻshni davlatlar mutaxassislariniyam malaka oshirish uchun taklif qilinadi. Ushbu markaz Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yagona xisoblanishi bu uning noyobligidir, - deydi markaz direktori Duyseboyev E.T. Shu sababli nafaqat Respublikamiz, balki qoʻshni davlatlar mutaxassislariniyam malaka oshirish uchun taklif qilinadi.

Eyesi by VRMAGIC jarrohlik simulyatori maxsus koʻz modeli, jarrohlik asboblari emulyatorlari toʻplami, mikroskop emulyatori hamda mikroskop va jarrohlik tizimini nazorat qiluvchi oyoq pedallari bilan jihozlangan. VRMAGIC tibbiy simulyatorlaridan foydalanish orqali mutaxassislarni tayyorlash sifati oshadi, jarrohlik asoratlari kamayadi. Taʼlim olish va koʻnikmalarni mustahkamlashga kamroq vaqt va mablagʻ sarflanadi. Markazda Katarakta fakoemulsifikatsiyasi boʻyicha birinchi sinov guruxi mutaxassislari 2019-yil 2-dekabrdan 14-dekabrgacha muvaffaqiyatli tarzda malaka oshirishdi va maxsus sertifikatga ega boʻlishdi.

Поделиться