O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Belarusning “Great Stone” sanoat parki bilan tanishdi

2021-08-25 | Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi 23-25-avgust kunlari Minsk shahriga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyat sohasidagi uzoq muddatli samarali munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish, hamkorlikning yangi istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashdan iborat.

23-avgust kuni delegatsiya aʼzolari Innovatsion rivojlanish vazirligi Yevropaning geografik jihatdan qoq markazida joylashgan “Velikiy kamen” (Great Stone Industrial Park) maxsus iqtisodiy zonasiga buyurdilar. Tashrif davomida delegatsiya parkning investorlar va aholi uchun beradigan imkoniyatlari, rivojlanish tarixi va infratuzilmasi bilan tanishdilar.

“Great Stone” sanoat parki Belarus va Xitoy davlatlarining hamkorlikdagi ulkan loyihasidir. U 112,5 kvadrat km maydondan iborat boʻlib, sanoat va turar joy binolarini, moliyaviy va ilmiy-tadqiqot markalarini, idora va savdo-dam olish majmualarini birlashtiruvchi zamonaviy ekologik toza hududdir. Park Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahridan 25 km uzoqlikda, xalqaro aeroport, temir yoʻllar va Berlin-Moskva transmilliy avtomagistrali yaqinida joylashgan.

Birinchi bosqich 850 gektar maydonda barcha kommunikatsiyalar qurilishi yakunlandi. Hududga sanoat va transport obyektlari, turar joylar va ijtimoiy obyektlar, ofis va savdo va koʻngilochar majmualar, moliyaviy va tadqiqot markazlari kiradi. Ikkinchi bosqichni ishlab chiqish doirasida multimodulli temir yoʻl terminalini yaratish rejalashtirilgan. Bosh rejaga koʻra, kelajakda bu yerda 130 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Sanoat parkida yuqori texnologiyalari va raqobatbardosh innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan. u elektronika, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo, biotexnologiya, mashinasozlik, yangi materiallar, kompleks logistika, elektron tijorat, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash yoʻnalishlari rivojlantiriladi hamda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib boriladi.

Tashrif davomidagi muzokaralar natijasida mazkur sanat parki va Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishildi. Birinchi qadam sifatida “Great Stone” sanoat parki vakillari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan joriy yilning noyabr oyida oʻtkaziladigan InnoWeek-2021 Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligiga tashrif buyuradilar.

“Yashnobod” innovatsion texnoparki direktori Sh. Sharifov innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida “Yashnobod” innovatsion texnoparki texnoparki va “Great Stone” sanoat parki bilan hamkorlikda qoʻshma startap loyihalarni rivojlantirish taklifini berdi. Shuningdek, tomonlar qoʻshma biznes-inkubator loyihasini yoʻlga qoʻyish masalasini muhokama qilib, ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli shartnomalarni imzolashga kelishdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться