O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahar Olmazor tumanini innovatsion hududga aylantirish boʻyicha memorandum imzolandi
2021-08-24 | Innovatsiya
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov Olmazor tumanini innovatsion hududga aylantirish yuzasidan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzoladilar.
Mazkur oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum Toshkent shahri Olmazor tumani hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Toshkent shahri Olmazor tumanini innovatsion hududga aylantirish va rivojlantirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik faoliyati yoʻnalishlarini ifoda etadi. Unga koʻra Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, jumladan, yangi qurilmalar, materiallar va texnologiyalarni Olmazor tumanda joriy etish, oʻzaro manfaatdor yoʻnalishlarda hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlar uchun zamin yaratish hamda tumanning zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini takomillashtirish nazarda tutilgan.
Endilikda tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish va uning doirasida ilmiy-tadqiqotlarni tashkil qilish va rivojlantirish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmalariga oladilar. Bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy, startap loyihalar tanlovlarini tashkil etish, oʻtkazish, gʻoliblarni tanlab olish ishlari amalga oshiradi, tanlovga taqdim etilgan loyihalarni tanlov komissiyasiga kiritadi va vazirlik hayʼati hamda moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan muvaffaqiyatli oʻtgan loyihalarini moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqiladi.
Toshkent shahri Olmazor tumani hokimligi oʻz navbatida tumanda innovatsion loyihalarni amalga oshirish va joriy etish maqsadida mahalliy hokimiyat byudjeti hisobidan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratadi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun oʻrnatilgan tartibda joylarni belgilaydi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi