O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanini innovatsion hududga aylantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda

2021-08-17 | Innovatsiya

Innovatsiyalarga ehtiyoji har jabhada yaqqol sezilmoqda. Shunga monand ommaning ularga qiziqishi ham tobora ortmoqda. Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, iqtisodiyotning taraqqiyoti doimo maqbul innovatsion strategiya, eng so‘nggi ilmiy-texnik yutuqlardan foydalanish, axborot texnologiyalari imkoniyatlarini keng joriy etishga bog‘liq.

Prezidentimiz yaqinda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari xususida o‘tkazilgan yig‘ilishda innovatsiyalarni olis hududlardagi aholiga yetkazish, mahalliy olimlar yaratgan ishlanmalar orqali odamlarning og‘irini yengil qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarning yangi texnologiyalarga qiziqishini oshirish va ularni innovatsion faoliyatga jalb qilish uchun joriy yil davomida har bir viloyatda bittadan iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan tumanni innovatsion hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-6198-sonli qaroriga asosan, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanini innovatsion hududga aylantirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda 2021-yil 30-maydagi qo‘shma chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Chora-tadbir dasturi 16 ta banddan iborat bo‘lib, hududda qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, innovatsion tadbirkorlik, kambag‘allikni qisqartishi, axborot va kommunikatsion texnologiyalar, noanʼanaviy energiya manbalari, tibbiyot hamda taʼlim sohalarini yana-da rivojlantirishga eʼtibor qaratilgan.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi tomonidan viloyatda joylashgan oliy taʼlim muassasalar bilan hamkorlikda Oltiariq tumanining yuqori eksport salohiyatini inobatga olgan holda drayver hamda muammoli sohalar aniqlanib, aynan shu sohalarni takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Muayyan hududni innovatsion rivojlantirishning muhim omili innovatsion infratuzilmani yaratishdan boshlanadi. Bunday infratuzilma o‘zaro bog‘liq, bir-birini to‘ldiradigan obyekt va subyektlar jamlanmasidir. Ilmiy faoliyat natijalarini joriy etish uchun, avvalo, maqbul sharoit yaratilishi shart.

Xususan, Oltiariq tumanini innovatsion hududga aylantirishga qaratilgan tadbirlarga aholini bosqichma-bosqich jalb etish, tumanning namunali statusini ko‘rsatib berish hamda qo‘shni hududlardan tashrif buyurgan mehmonlarga amalga oshirilayotgan ishlarni namoyish etish maqsadida, Oltiariq tumanining yirik magistralidagi aylanma yo‘liga “Oltiariq innovatsion tumaniga Xush kelibsiz” ajratuvchi yozuv belgilari o‘rnatildi.

Ishlab chiqilgan chora-tadbir dasturining 9-bandiga asosan Farg‘ona viloyatida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida, Oltiariq tumanining «Temir daftari», «Ayollar daftari» hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 15 ta kam taʼminlangan oilalar tomorqasiga beg‘araz ko‘mak sifatida 3 sotix yer maydoniga innovatsion issiqxona qurib berish ishlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirga 300 mln so‘m mablag‘ ajratilib, joriy yilning 22 avgust sanasiga qadar oila xo‘jaliklariga innovatsion issiqxonalar foydalanishga topshirilishi belgilandi. Xo‘jaliklar ro‘yxatida mehribonlik uyida katta bo‘lib, mustaqil hayotni boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarimiz ham mavjud.

Tuman qishloq xo‘jaligi sektoriga innovatsiyalarni joriy etish — o‘ta muhim masala. Jarayonda fermer xo‘jaliklari, klasterlar va yerdan foydalanuvchilarga resurslardan ratsional va samarali foydalanishga ko‘mak berish talab etiladi. Kamroq vaqt, mablag‘, tabiiy resurslar sarflab, ko‘proq va sifatliroq oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish kun tartibidagi muhim vazifalardandir.

Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda import o‘rnini bosuvchi mahalliy xomashyo va probiotik bakteriyalar asosida ozuqa turi va qo‘shimchasini yaratish hamda ishlab chiqarish loyihasi davlatimiz tomonidan qishloq xŭjaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga katta eʼtibor qaratilayotgani mahsulidir. Dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilikka qiziqish ortayotgani yangi ozuqa turlarini ko‘paytirish va ishlab chiqarishni talab etmoqda.

Bundan tashqari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish hamda xususiy sektorni innovatsion faoliyatga jalb etish maqsadida, Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlariga jami 1 mlrd 590 mln so‘mlik «Kaliforniya chuvalchangi asosida tabiiy biogomus ishlab chiqarish», «Soya donidan sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini tizimli loyihalash», «Mahalliy sharoitda yetishtirilayotgan tovar baliq mahsulotlarining chiqindisidan baliq uni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish» kabi 3 ta tijoratlashtirish loyihalarga mablag‘ ajratildi. Loyihalarni amalga oshirish davomida Farg‘ona viloyatida yangi ishchi o‘rinlar yaratilishi, hududning infratuzilmasi rivojlanishi, yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda mahalliy va xorijiy bozorlarga joriy etilishi kutilmoqda.

Shuningdek, shahar, tuman hamda qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash, rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan: «Aqlli (SMART), dasturlashtirilgan mobil, fotoelektrik avtonom svetoforni yaratish, ishlab chiqarishni tashkil qilish» hamda «Yo‘llarda harakatlanuvchi avtomobillardan svetoforlar va yo‘l chiroqlarini doimiy elektr energiyasi bilan taʼminlash generatorlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish» 2 ta startap loyihalari moliyalashtirildi va ayni paytda loyihani yo‘lga qo‘yish ishlari boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-6198-sonli qaroriga asosan, Oltiariq tumanini innovatsion hududga aylantirishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan innovatsion, startap va tijoratlashtirishga tayyor bo‘lgan loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida, hududni qo‘shni tumanlar bilan bog‘lovchi magistral yo‘li qoshida umumiy maydoni 3 ga dan ortiq bo‘lgan yer maydonda «Oltiariq innovatsion tajriba va ko‘rgazma texnologik maydoni»ni loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda. Texnomaydonda ko‘rgazma zal, savdo do‘konlari, tajriba o‘tkazishga qaratilgan issiqxona va ekin maydoni, R&D park hamda ishlab chiqarish maydonlar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Farg‘ona shahida joylashgan «Yoshlar innovatsiya markazi» DUK tomonidan tadbirkorlikka ilk qadam bosayotgan fuqarolarning jami 5 ta startap loyihalariga umumiy 1 mlrd 790 mln so‘mlik beg‘araz moliyaviy ko‘mak ko‘rsatildi. Ularning qatorida yoshlarda innovatsion va kreativlik mahoratini oshirishga, yangi innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarishga hamda ekologiya sharoitini yaxshilashga qaratilgan startap jamoalariga mablag‘ ajratilgan va hozirda mahalliy bozorimiz uchun yangi bo‘lgan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться