O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vazirligining 12 nafar xodimi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi
2021-08-31 | Innovatsiya
Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ilm-fan va innovatsiya sohalarida jamiyat hamda davlat hayotini har tomonlama rivojlantirish hamda fidokorona mehnatlari uchun tag‘dirlanishdi.
“Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoni bilan joylarda mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qoʻshayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna boʻlib kelayotgan bir qator yurtdoshlarimiz “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlanmoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligining xodimlari ham “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. 28-avgust kuni, Innovatsion rivojlanish vazirligida esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlanganlar:
Bunyodjon Oxunov - Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori
Azizjon Yakubov - Innovatsion rivojlanish vazirligi Ijro apparati rahbari
Rustam Ergashev - Innovatsion ishlanmalarni moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasi boshqarmasi
Yelena Akramjanova - Innovatsion rivojlanish vazirligi bosh mutaxassisi
Matluba Sharipova - Innovatsion rivojlanish vazirligi bosh mutaxassisi
Jaxongir Musayev - Ilmiy kotib
Akbarxon Sobirxonov - Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Bosh direktor o‘rinbosari
Abdurashid Turg‘unov -Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi
Rushana Musayeva - Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi departament rahbari
Ziyoda Aripova - Ijro apparati boshqarmasining Devonxona bosh mutaxassisi
Akmal Tulanov - Ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Otabek Fayazov - Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Qudratjon Yusupov - Hududlarni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi
Shuningdek bayram munosabati bilan vazirlikning eng faol, mehnatda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari vazirlik “Tashakkurnoma”lari bilan taqdirlandilar.
Taqdirlangan hamkasblarimizni yutuqlari bilan qutlaymiz!
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi