O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Forum doirasida bir qator kelishuvlar imzolandi

2021-02-27 | Fan

25-26-fevral kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida oʼtkazilgan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish Forumi doirasida FА ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari oʼz ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.

Xabar qilganimizdek, 25-26-fevral kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligida oʼtkazilgan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish Forumi doirasida FА ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari oʼz ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.

Forum doirasida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va tarmoq hamda hududlardagi muammolar yechimiga qaratilgan loyihalar boʼyicha bir qator kelishuvlar imzolandi. Jumladan, FА Materialshunoslik instituti va “Olmaliq KMK” АJ oʼrtasida “Mahalliy xom ashyodan olein kislotasini ishlab chiqarish texnologiyasi” uchun 1 mlrd.soʼmlik, “Funksional keramika asosidagi polimerlash uskunasi yordamida lak-boʼyoqlarni polimerlash texnologiyasi” uchun 150,0 mln. soʼmlik, “Oʼzmetkombinat” АJ bilan “Texnogen chiqindilardan payvandlash elektrodlari qobiqlarini ishlab chiqish texnologiyasi” uchun 630,0 mln. soʼmlik shartnomalar imzolandi.

Bundan tashqari, Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining “Mahalliy xom-ashyo asosida moylovchi pasta ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish” startap loyihasi uchun 695 mln. 800 ming soʼmlik, Bioorganik kimyo institutining "Silga qarshi “Biomayrin 600 mg” original preparatining yakunlovchi klinik sinovlarini oʼtkazish va tibbiyot amaliyotida qoʼllash uchun 997,4 mln. soʼmlik moliyalashtirish toʼgʼrisidagi sertifikat topshirildi.

Shuningdek, Genomika va bioinformatika markazi hamda IPOOO “TEXTILE TECHNOLOGIES GROUP” oʼrtasida anglashuv Memorandumi imzolandi.

Shuni aytish kerakki, ўʼzaro anglashuv Memorandumi tomonlar oʼrtasida oʼzaro tenglik va teng sheriklikchilik, manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan holda fan va texnika, tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Поделиться