O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qayta tiklanuvchi energiya hajmini bashorat qilish tizimini yaratish masalalariga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkazildi

2021-10-05 | Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi va USAID agentligining “Kelajak energiyasi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Oʻzgaruvchan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining respublika energiya tizimiga taʼsirini oʻrganish” loyihasi doirasida xorijiy ekspertlar ishtirokida tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda vazirlikning Tarmoq korxonalarida innovatsion ekotizimni shakllantirish boshqarmasi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Energiya” hududiy koordinatsion-dispetcherlik markazi, “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish” filiali mutasaddi rahbarlari, mutaxassislari, Fanlar akademiyasining Fizika-texnika va Materialshunoslik institutlari, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat texnika universiteti olimlari ishtirok etdilar.

Anjuman davomida elektr energiyasini ishlab chiqarilishini avtomatik tarzda hisobga olish, maʼlumotlar bazasini hamda quyosh va shamol manbalaridan ishlab chiqarilayotgan energiya miqdorlarini bashoratlash tizimini yaratish masalalari koʻrib chiqildi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlaydigan yangi elektr stansiyalari ishga tushirilayotganini inobatga olib, yuqorida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha yechimlar kelajakda mamlakat energiya tizimni barqaror ishlashiga yordam beradi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi qayta tiklanuvchi energiyani bashoratlash tizimini joriy etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb qilishda tashabbus koʻrsatmoqda. Elektr energiyasini ishlab chiqarishni aniq rejalashtirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini mavjud energiya tizimiga samarali integratsiya qilish maqsadida tabiiy-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda qayta tiklanuvchi energiyani bashoratlash tizimini qoʻllash xorijda standart amaliyot hisoblanadi.

Tadbir davomida qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqish miqdorini bashoratlash tizimi xorijiy davlatlarda samarali joriy etilishi amaliyotining asosiy natijalarining tahlili oʻtkazildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться